Eng kichik qoldiq
Masala #1174 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ekranda n ta raqamdan iborat qator s yozilgan (boshida 0 bo'lishi mumkin). Undan aynan k ta raqamni o'chirish kerak, qolgan raqamlarning tartibi o'zgarmaydi. Natija - uzunligi n − k bo'lgan qator. Uni iloji boricha kichik qiling. Uzunligi bir xil qatorlar son sifatida taqqoslanadi, boshidagi nollar ham qoladi: masalan, «0123» < «1022».
Masalan, s = 1432219 va k = 3 bo'lsa, 4, 3 va bitta 2 ni o'chirib 1219 hosil bo'ladi - bundan kichigini olib bo'lmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta raqamdan iborat qator s (bo'sh joysiz).
Cheklovlar: 1 ≤ k < n ≤ 2·105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Uzunligi n − k bo'lgan eng kichik qator (boshidagi nollari bilan).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.