Toshlar bo'ylab sakrash
Masala #1187 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Daryoda n ta tosh bir qatorda turibdi, i-toshda ai so'm yotibdi (manfiy son - toshda to'lov bor). Siz 1-toshdan boshlaysiz, n-toshda tugatasiz. Har sakrashda oldinga 1 dan k gacha tosh yurasiz. Tushgan toshlardagi (1- va n-toshlar ham) pullar yig'indisi eng katta bo'lishi uchun qanday yursangiz bo'ladi? Shu eng katta yig'indini chiqaring.
Masalan, k = 2, toshlar 1, −5, −2, 4, 3: yo'l 1 → 3 → 4 → 5 yig'indisi 1 − 2 + 4 + 3 = 6.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son a1, …, an.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, |ai| ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta yig'indi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.