Non do'koni
Masala #1182 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Oshxonaga har kuni aynan bitta non kerak. i-kuni non narxi pi. Istalgan kuni istalgancha non olish mumkin, lekin non k kun yaroqli: j-kuni olingan nonni j, j + 1, …, j + k − 1-kunlarda yeyish mumkin. n kun davomida har kuni non bo'lishi uchun eng kamida qancha pul sarflanadi?
Masalan, narxlar 3, 1, 4, 1, 5 va k = 2 bo'lsa: 1-kun noni 3 ga, 2- va 3-kunlar noni 2-kuni 1 dan, 4- va 5-kunlar noni 4-kuni 1 dan olinadi: 3 + 1 + 1 + 1 + 1 = 7.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son p1, …, pn.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ pi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam xarajat.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.