Eng tekis maydoncha

Masala #1188 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Hudud xaritasi n × m jadval, har katakda balandlik yozilgan. Stadion uchun k × k o'lchamli kvadrat maydoncha tanlash kerak (tomonlari jadval chiziqlari bo'ylab). Maydonchaning notekisligi - undagi eng katta va eng kichik balandliklar ayirmasi. Eng kam notekislikni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, k. Keyingi n qatorning har birida m ta son.

Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 500, 1 ≤ k ≤ min(n, m), balandliklar 0 .. 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam notekislik.

Izoh

1-namuna izohi. To'rtta 2 × 2 maydoncha bor, notekisliklari 9 − 1 = 8, 9 − 2 = 7, 9 − 4 = 5 va 9 − 5 = 4. Eng kami 4 - pastki o'ngdagi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.