Eng arzon juftliklar

Masala #1194 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Do'konda n xil non va p xil pishloq bor, narxlari berilgan. Xaridor bitta non va bitta pishloq oladi; juftlik narxi - ikkisi narxining yig'indisi. Barcha n · p juftlikning narxlarini o'sish tartibida yozsak, eng arzon m tasi qaysi? Narxlar teng bo'lgan juftliklar ham alohida yoziladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, p, m. Ikkinchi qatorda n ta non narxi, uchinchi qatorda p ta pishloq narxi (ixtiyoriy tartibda).

Cheklovlar: 1 ≤ n, p ≤ 5·104, 1 ≤ m ≤ min(n · p, 105), narxlar 1 .. 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

m ta son probel bilan: eng arzon juftliklar narxi, o'sish tartibida.

Izoh

1-namuna izohi. Juftliklar narxlari: 1 + 2 = 3, 1 + 5 = 6, 7 + 2 = 9, 7 + 5 = 12, 3 + 2 = 5, 3 + 5 = 8. O'sish tartibida dastlabki to'rttasi: 3 5 6 8.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.