Qism massivlar AND yig'indisi

Masala #1230 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta son berilgan. Har bir bo'sh bo'lmagan ketma-ket qism massiv (al, …, ar) uchun uning barcha elementlarining bit bo'yicha AND qiymatini hisoblang va bu qiymatlar yig'indisini 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ ai < 230.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yig'indi modul 109 + 7.

Izoh

1-namuna izohi. [3, 1, 2]: qism massivlar AND lari 3, 1, 2, 3 & 1 = 1, 1 & 2 = 0, 3 & 1 & 2 = 0 - yig'indi 7.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.