Eng ko'p birli son
Masala #1213 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Har so'rovda ikki son l va r beriladi. l dan r gacha (ikkala chegara ham kiradi) bo'lgan butun sonlar ichida ikkilik yozuvida birlar soni eng ko'p bo'lganini toping. Bunday son bir nechta bo'lsa, eng kichigini chiqaring.
Masalan, [2, 4] da: 2 = 102, 3 = 112, 4 = 1002 - javob 3 (ikkita bir).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda q. Keyingi q qatorning har birida l va r.
Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 2·104, 0 ≤ l ≤ r ≤ 2·1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.