Totuv jamoa
Masala #1221 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sinfda n ta o'quvchi bor. Ularning m ta juftligi bir-biri bilan kelisha olmaydi. Musobaqaga jamoa tuziladi: jamoa bo'sh bo'lmasligi va ichida kelisha olmaydigan juftlik bo'lmasligi kerak (bir o'quvchidan iborat jamoa ham mumkin). Nechta turli jamoa tuzish mumkin?
Masalan, 3 o'quvchidan 1 va 2 kelishmasa: jami 7 ta bo'sh bo'lmagan to'plamdan {1, 2} va {1, 2, 3} yaroqsiz - javob 5.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda har bir kelishmaydigan juftlik u v.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20, 0 ≤ m ≤ n(n − 1)/2; 1 ≤ u < v ≤ n, juftliklar takrorlanmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - jamoalar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.