Eng katta XOR juftligi
Masala #1243 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Har bir foydalanuvchiga 30 bitli kod berilgan. Ikki kodning «farqi» - ularning XOR i. Xavfsizlik bo'limi eng katta farqli ikki kodni bilmoqchi.
n ta son berilgan. Ikki turli o'rindagi (i ≠ j) elementlar uchun ai ⊕ aj ning eng katta qiymatini toping. Sonlar teng bo'lishi mumkin (u holda ⊕ = 0).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ ai < 230.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta XOR.
Izoh
1-namuna izohi. 3, 10, 5, 25 da eng yaxshi juftlik 5 va 25: 00101 ⊕ 11001 = 11100 = 28.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.