Tushlik menyusi

Masala #1218 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Oshxonada n ta taom bor: i-taomning narxi pi so'm, quvvati ci kaloriya. Sportchi har taomdan ko'pi bilan bittadan olib, kamida bitta taomli tushlik tuzmoqchi. Tushlik jami narxi B dan oshmasligi, jami quvvati esa kamida C bo'lishi kerak. Nechta turli tushlik (taomlar to'plami) tuzish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, B, C. Keyingi n qatorda pi va ci.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ pi, ci ≤ 106, 0 ≤ B, C ≤ 2·107.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - mos tushliklar soni.

Izoh

1-namuna izohi. Taomlar (narx, quvvat): (4, 3), (5, 4), (7, 6), B = 10, C = 5. Mos to'plamlar: {3} (7 so'm, 6 kal) va {1, 2} (9 so'm, 7 kal). {1, 3} 11 so'm - qimmat, {1} 3 kal - kam.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.