Mehmonxona kodi
Masala #1209 · murakkablik 27% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Mehmonxonada xonalar 0 dan boshlab raqamlangan. Har bir guruh mehmonlarga l dan r gacha bo'lgan ketma-ket xonalar beriladi (ikkala chegara ham kiradi). Guruhning eshik kodi - shu xonalar raqamlarining XOR i: l ⊕ (l + 1) ⊕ … ⊕ r. Har guruh uchun kodni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda T - guruhlar soni. Keyingi T qatorda ikki son l va r.
Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 105, 0 ≤ l ≤ r ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har guruh uchun alohida qatorda bitta son - eshik kodi.
Izoh
1-namuna izohi. 3 ⊕ 4 ⊕ 5 ⊕ 6 ⊕ 7 = 3; 1 ⊕ 2 ⊕ … ⊕ 10 = 11; bitta xona 5 bo'lsa, kod 5.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.