Eng qisqa OR qism massivi

Masala #1239 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta son va K berilgan. Elementlarining bit bo'yicha «yoki» (OR) qiymati K dan kichik bo'lmagan eng qisqa ketma-ket qism massivning uzunligini toping. Bunday qism massiv bo'lmasa, -1.

Masalan, [1, 2, 1, 4, 1] va K = 7 da: [2, 1, 4] ning OR i 7, uzunligi 3. Qisqaroq massiv yo'q.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va K, ikkinchi qatorda n ta son.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ ai < 230, 0 ≤ K ≤ 230.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kichik uzunlik yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.