Ikki darajali tangalar
Masala #1210 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bankda tanga qiymatlari 2 ning darajalari: 1, 2, 4, 8, … so'm; har qiymatdan istalgancha tanga bor. Sizga n so'mni aynan k ta tanga bilan to'lash kerak. Bu mumkinmi?
Masalan, 9 so'm: 8 + 1 (2 ta tanga), 4 + 4 + 1 (3 ta), 1 + … + 1 (9 ta). 1 ta tanga bilan esa 9 ni to'lab bo'lmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda T - sinovlar soni. Keyingi T qatorning har birida ikki son n va k.
Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 2·104, 1 ≤ n, k ≤ 2·1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har sinov uchun alohida qatorda YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.