Teng tarozi

Masala #1222 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Pallali tarozi va n ta tosh bor, i-toshning og'irligi wi. Har toshni chap pallaga, o'ng pallaga qo'yish yoki umuman ishlatmaslik mumkin. Ikkala pallada ham kamida bittadan tosh bo'lib, tarozi muvozanatda (pallalardagi og'irliklar teng) bo'ladigan nechta usul bor? Usullar har bir toshning qayerda turgani bilan farqlanadi (chap va o'ng palla almashsa - boshqa usul).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son wi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 15, 1 ≤ wi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni.

Izoh

1-namuna izohi. Toshlar 1, 1: chapda 1-tosh, o'ngda 2-tosh yoki aksincha - 2 usul.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.