Yuk tashish

Masala #1242 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Omborda n ta yuk bor, i-yukning og'irligi wi. Yuk mashinasi bir reysda ko'pi bilan W kg ko'tara oladi (har yuk butunligicha olinadi va bir reysga sig'maydigan yuk yo'q: wi ≤ W). Hamma yukni tashish uchun eng kamida necha reys kerak?

Masalan, W = 10, og'irliklar 5, 5, 6, 4: reyslar {5, 5} va {6, 4} - javob 2.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va W, ikkinchi qatorda n ta son wi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 16, 1 ≤ wi ≤ W ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam reys soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.