XOR i berilgan qism massivlar
Masala #1238 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shifrlangan xabar n ta sondan iborat, kalit k ma'lum. Xabarning ketma-ket bo'lagi elementlarining XOR i aynan k ga teng bo'lsa, bo'lak kalitli deyiladi.
Nechta bo'sh bo'lmagan ketma-ket qism massiv kalitli? Turli o'rindagi bo'laklar alohida sanaladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ ai, k < 230.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - qism massivlar soni (long long sig'adi).
Izoh
1-namuna izohi. [4, 2, 2, 6], k = 6: [4, 2], [6], [2, 2, 6] - jami 3 ta. 2-namunada [0, 0, 0], k = 0: oltita qism massivning hammasi kalitli.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.