XOR qulf

Masala #1219 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Qulfni ochish uchun bir nechta kalit-kartani bir vaqtda tutish kerak. Har kartada son yozilgan: i-kartada ai. Tutilgan kartalar sonlarining XOR i qulf kodi t ga teng bo'lsa, qulf ochiladi. Kamida bitta kartani tanlab, qulfni oching: tanlangan kartalar raqamlarini chiqaring. Iloji bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va t, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20, 0 ≤ ai, t < 230.

Chiquvchi ma'lumotlar

Javob bo'lsa: birinchi qatorda tanlangan kartalar soni k (1 ≤ k ≤ n), ikkinchi qatorda k ta turli raqam (1 dan n gacha, istalgan tartibda). Aks holda bitta -1.

Izoh

1-namuna izohi. 2 ⊕ 4 = 6: 2- va 3-kartalar. Boshqa to'g'ri javob yo'q. 2-namunada 1, 2, 1 ⊕ 2 = 3 - hech biri 7 emas. 3-namunada t = 0: yagona karta 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.