XOR yig'indisi
Masala #1232 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tarmoqda n ta qurilma bor, har birining sozlamasi son ai bilan yozilgan. Ikki qurilma orasidagi «farq» - sozlamalarining XOR i: qaysi bitlarda farq qilsa, o'sha bitlari yoqilgan son.
Barcha juftliklar (i < j) bo'yicha farqlar yig'indisini, ya'ni Σ (ai ⊕ aj) ni 998244353 ga bo'lgandagi qoldiq bilan toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ ai < 230.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - yig'indi modul 998244353.
Izoh
1-namuna izohi. (1 ⊕ 2) + (1 ⊕ 3) + (2 ⊕ 3) = 3 + 2 + 1 = 6. 2-namunada ikki sozlama teng - farq 0.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.