Chiroqlar panjarasi
Masala #1274 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
n × m panjaraning har katagida chiroq bor: 1 - yoniq, 0 - o'chiq. Katakni bosganda shu katakning va unga yon tomoni bilan qo'shni (yuqori, past, chap, o'ng) kataklarning chiroqlari holatini almashtiradi.
Hamma chiroqni o'chirish uchun qaysi kataklarni bosish kerak? Bosishlar soni eng kam bo'lsin (har katak ko'pi bilan bir marta). Iloji bo'lmasa -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 12). Keyingi n qatorda m tadan 0/1 belgi (probelsiz).
Chiquvchi ma'lumotlar
n qator, har birida m ta belgi: 1 - shu katak bosiladi, 0 - yo'q. Yoki bitta -1.
Izoh
1-namuna izohi. O'rtadagi katakni bossak, xoch shaklidagi 5 ta chiroq o'chadi. 2-namunada bitta chiroq yonib turgan 1 × 2 panjarada har bosish ikkala chiroqni almashtiradi - o'chirib bo'lmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.