Darajaga ko'tarish

Masala #1256 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Kalkulyatorda faqat ko'paytirish bor. Boshida xotirada x turibdi. Bir amalda xotiradagi istalgan ikki natijani (bir xilini ikki marta ham) ko'paytirib, yangi natijani xotiraga qo'shish mumkin: xa · xb = xa+b. Eski natijalar o'chmaydi.

xn ni hosil qilish uchun eng kamida nechta ko'paytirish kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (1 ≤ n ≤ 500).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam ko'paytirishlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. x15: x2 = x · x, x3 = x2 · x, x5 = x3 · x2, x10 = x5 · x5, x15 = x10 · x5 - 5 ta amal. To'rtta bilan bo'lmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.