Taxtadagi farzinlar

Masala #1245 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n × n shaxmat taxtasining ba'zi kataklari to'silgan (#): ularga farzin qo'yib bo'lmaydi. Qolgan (.) kataklarga n ta farzinni bir-birini urmaydigan qilib joylashtirish usullari nechta? Farzin bir qatorda, bir ustunda yoki bir diagonalda turgan farzinni uradi; to'silgan katak hujumni to'smaydi (u faqat farzin turadigan joyni cheklaydi).

Masalan, to'siqsiz 4 × 4 taxtada 2 ta usul bor.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorning har birida n ta belgi: . (bo'sh) yoki # (to'silgan).

Cheklov: 1 ≤ n ≤ 13.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - joylashtirish usullari soni.

Izoh

1-namuna izohi. To'siqsiz 4 × 4 da ikki joylashuv: ustunlar 2 4 1 3 va 3 1 4 2 (qatorma-qator).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.