Konteynerlar

Masala #1255 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Omborda n ta yuk bor, i-yukning og'irligi wi. Yuklar sig'imi C bo'lgan bir xil konteynerlarga joylanadi; konteynerdagi yuklar og'irligi yig'indisi C dan oshmasligi kerak. Yukni bo'lib bo'lmaydi. Barcha yuklarni joylash uchun eng kamida nechta konteyner kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va C. Ikkinchi qatorda n ta son wi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ wi ≤ C ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam konteynerlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. {7, 3}, {5, 4}, {2, 2}: 3 ta konteyner. Jami og'irlik 23 > 2 · 10, shuning uchun ikkitasi yetmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.