Qorong'i labirint
Masala #1251 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Siz n × m kataklik labirintning boshlang'ich katagidasiz, lekin ko'rmaysiz: qaysi katak devor ekanini bilmaysiz. Boshlang'ichdan chiqishgacha kamida bitta yo'l bor. ? c deb yurish buyrug'ini berasiz, bunda c - U (yuqoriga), D (pastga), L (chapga) yoki R (o'ngga). Javob:
0- u katak devor yoki labirintdan tashqarida, joyingizda qoldingiz;1- qo'shni katakka o'tdingiz;2- chiqishga yetdingiz; shundan keyin dastur darhol tugashi kerak.
Chiqishni toping. So'rovlar soni ko'pi bilan 5·n·m. Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).
Muloqot namunasi (n = 2, m = 3; yashirin labirint S#E / ...): dastur 2 3 ni o'qiydi; ? U → 0; ? D → 1; ? R → 1; ? R → 1; ? U → 2, dastur tugaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida bitta qatorda n va m (2 ≤ n, m ≤ 30). Keyin har so'rovingizga javoban bitta son: 0, 1 yoki 2.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? c ko'rinishida. Javob 2 kelgach dastur tugaydi. Limitdan ko'p so'rov yoki noto'g'ri format - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.