Eng ko'p bo'luvchili son

Masala #1289 · murakkablik 34% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Musbat butun x ning bo'luvchilari soni d(x) bilan belgilanadi (masalan, d(12) = 6: 1, 2, 3, 4, 6, 12).

q ta so'rov: har birida n berilgan. 1 dan n gacha sonlar orasida bo'luvchilari soni eng ko'p bo'lganini toping. Bunday son bir nechta bo'lsa, eng kichigini oling. x va d(x) ni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q, keyin q qatorda bittadan n.

Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ n ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun bitta qatorda ikkita son: x va d(x).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.