Turli kasrlar

Masala #1291 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'qituvchi doskaga 1 ≤ a ≤ b ≤ n shartni qanoatlantiruvchi barcha a/b kasrlarni yozdi. Ko'plari bir xil qiymatga ega (masalan, 1/2 va 2/4). Doskada nechta turli qiymat bor?

Masalan, n = 3 da qiymatlar: 1/3, 1/2, 2/3, 1 - jami 4 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q, keyin q qatorda bittadan n.

Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ n ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun bitta son - turli qiymatlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.