k-chi o'zaro tub son

Masala #1305 · murakkablik 49% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

m bilan o'zaro tub (EKUB = 1) bo'lgan musbat butun sonlarni o'sish tartibida yozamiz. Masalan, m = 6 uchun: 1, 5, 7, 11, 13, 17, …

t ta so'rov: har birida m va k berilgan. Ro'yxatning k-chi sonini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda t, keyin t qatorda ikki son m, k.

Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 1000, 1 ≤ m, k ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rovga bitta son - k-chi o'zaro tub son (javob 64 bitli songa sig'adi).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.