Kvadratlarga kesish

Masala #1298 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Duradgorda a × b o'lchamli to'g'ri to'rtburchak taxta bor. U har safar taxtadan eng katta kvadrat bo'lagini (tomoni - qisqa tomonga teng) kesib oladi va qolgan to'g'ri to'rtburchak bilan davom etadi. Qolgan bo'lak kvadrat bo'lsa, u ham olinadi va ish tugaydi.

Duradgor jami nechta kvadrat kesib oladi?

Masalan, 5 × 3: 3 × 3 kesiladi, qoladi 2 × 3; keyin 2 × 2, qoladi 2 × 1; keyin ikkita 1 × 1. Jami 4 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda t, keyin t qatorda ikki son a, b.

Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 105, 1 ≤ a, b ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har taxta uchun bitta son - kvadratlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.