Kvadratga to'ldirish
Masala #1281 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sizga n ta musbat butun son ai berilgan. Har bir ai uchun shunday eng kichik musbat butun k ni toping-ki, ai · k ko'paytmasi biror butun sonning kvadrati (to'liq kvadrat) bo'lsin.
Masalan, 12 · 3 = 36 = 62, 18 · 2 = 36, 49 · 1 = 72.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son ai.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
n ta son - mos k lar, bitta probel bilan ajratilgan, bitta qatorda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.