Kvadrat bo'luvchilar
Masala #1288 · murakkablik 29% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog'bon n ta ko'chatni to'g'ri to'rtburchakli emas, faqat kvadrat shakldagi bir xil bo'laklarga bo'lmoqchi: har bo'lakda s ta ko'chat, s - biror butun sonning kvadrati (1, 4, 9, 16, …) va s soni n ni bo'lishi kerak.
Boshqacha aytganda: n ning nechta bo'luvchisi to'liq kvadrat? Masalan, 36 uchun to'rtta: 1, 4, 9, 36.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda t, keyin t qatorda bittadan n.
Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 100, 1 ≤ n ≤ 1012.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir n uchun bitta qatorda bitta son - kvadrat bo'luvchilar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.