Oraliqdagi tublar

Masala #1284 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Astronom L dan R gacha (ikkala chegara ham kiradi) raqamlangan yulduzlarni kuzatadi. Raqami tub bo'lgan yulduzlar yorug'. Shu oraliqda nechta yorug' yulduz bor va ikki qo'shni yorug' yulduz raqamlari orasidagi eng katta farq qancha?

R juda katta bo'lishi mumkin, lekin oraliq uzunligi kichik.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikki son L va R.

Cheklovlar: 1 ≤ L ≤ R ≤ 1012, R − L ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: tublar soni va qo'shni tublar orasidagi eng katta farq. Tublar ikkitadan kam bo'lsa, farq 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.