Tub yoki murakkab
Masala #1283 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Hakam 2 dan 100 gacha bo'lgan yashirin butun x sonini o'yladi. Siz x tub yoki murakkab ekanini aniqlashingiz kerak.
Savol: ? d (2 ≤ d ≤ 100). Hakam d soni x ning bo'luvchisi bo'lsa 1, aks holda 0 deb javob beradi. Ko'pi bilan 20 ta savol berish mumkin. Javob: ! tub yoki ! murakkab; shundan keyin dastur tugaydi.
Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).
Muloqot namunasi (x = 15; faqat formatni ko'rsatadi):
| Dastur | Hakam |
|---|---|
? 5 | 1 |
? 10 | 0 |
? 15 | 1 |
! murakkab |
Kiruvchi ma'lumotlar
Hakam boshida hech narsa yubormaydi. Har savolingizga javoban bitta son keladi: 1 - d soni x ni bo'ladi, 0 - bo'lmaydi. Cheklovlar: 2 ≤ x ≤ 100, 2 ≤ d ≤ 100.
Chiquvchi ma'lumotlar
Savollar ? d ko'rinishida, oxirida bitta ! tub yoki ! murakkab. 20 tadan ko'p savol, chegaradan tashqaridagi d yoki noto'g'ri javob - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.