Bo'linish zanjiri

Masala #1306 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta turli musbat butun son berilgan. Ulardan shunday zanjir tanlang: c1, c2, ..., ck - har biri keyingisini bo'ladi (ci | ci+1), sonlar turlicha. Eng uzun zanjir uzunligi k nechaga teng?

Masalan, 1, 2, 3, 4, 6, 12 sonlaridan 1 | 2 | 4 | 12 zanjiri 4 ta sondan iborat.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta turli son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng uzun zanjir uzunligi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.