Rang-barang ko'cha
Masala #1362 · murakkablik 34% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ko'chada bir qatorda n ta uy turibdi. Har uyni k ta rangdan biriga bo'yash kerak. Ikki shart bor: yonma-yon turgan ikki uy har xil rangda bo'lsin va k ta rangning har biri kamida bitta uyda ishlatilsin. Bo'yash usullari sonini 109+7 moduli bo'yicha toping (ikki usul farqli, agar biror uy ularda har xil rangda bo'lsa).
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita son n va k.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ k ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - usullar soni modul bo'yicha.
Izoh
1-namuna izohi. 3 ta uy va 2 ta rang (A, B): qo'shnilar har xil bo'lishi uchun faqat ABA va BAB qoladi, ikkalasida ham ikkala rang bor - javob 2.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.