Almashtirish raqami
Masala #1388 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
1, 2, …, n sonlarining barcha n! ta almashtirishi lug'at tartibida yozilib, 1 dan boshlab raqamlangan: n = 3 da 1-o'rinda «1 2 3», 2-o'rinda «1 3 2», …, 6-o'rinda «3 2 1». (Lug'at tartibi: birinchi farq qilgan o'rinda kichik son turgan almashtirish oldin keladi.)
Ikki xil so'rovga javob bering:
1 k- k-o'rindagi almashtirishni chiqaring;2 p1 … pn- shu almashtirish nechanchi o'rinda turganini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Keyingi q qatorning har birida bitta so'rov: 1 k yoki 2 va undan keyin n ta son (1..n ning almashtirishi).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20, 1 ≤ q ≤ 1000, 1 ≤ k ≤ n!.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun bitta qator: 1-tur so'rovga almashtirish (sonlar bo'sh joy bilan), 2-turiga bitta son - o'rin.
Izoh
1-namuna izohi. n = 4 da 1 va 2 bilan boshlanadiganlar 6 tadan (1-12 o'rinlar), keyin «3 1 2 4», «3 1 4 2», «3 2 1 4» - 15-o'rin.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.