Yopiq kataklar

Masala #1369 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n × m o'lchamli maydonning yuqori chap katagi (1, 1) da robot turibdi. U har qadamda bir katak pastga yoki bir katak o'ngga yuradi va pastki o'ng katak (n, m) ga yetishi kerak. Maydonda k ta yopiq katak bor, robot ularga kira olmaydi (boshlang'ich va oxirgi katak yopiq emas).

Robotning yo'llari sonini 109+7 moduli bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, k. Keyingi k qatorning har birida yopiq katakning qatori r va ustuni c (turli kataklar).

Cheklovlar: 2 ≤ n, m ≤ 105, 0 ≤ k ≤ 2000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yo'llar soni modul bo'yicha.

Izoh

1-namuna izohi. 3 × 3 maydonda yopiq katak yo'q - 6 ta yo'l. 2-namunada (1, 1) dan chiqadigan ikkala katak ham yopiq - 0. 3-namunada 3 × 4 maydondagi 10 yo'ldan 6 tasi (2, 2) orqali o'tadi, 4 tasi qoladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.