Yashirin to'plam

Masala #1391 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Hakam 1 dan n gacha sonlardan k tasini (turli) yashirdi. Siz so'rov berishingiz mumkin: ? l r (1 ≤ l ≤ r ≤ n). Hakam [l, r] oralig'iga tushgan yashirin sonlar sonini aytadi.

Barcha k ta yashirin sonni toping va ! x1 x2 … xk qatorini (o'sish tartibida, bitta qatorda) chiqaring - shundan keyin dastur tugaydi. Ko'pi bilan k · ⌈log2 n⌉ ta so'rov berish mumkin (n = 1 da so'rovsiz javob bering). Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).

Muloqot namunasi (n = 10, yashirin: 2, 5, 9; so'rovlar faqat formatni ko'rsatadi):

Dastur yozadiHakam javobi
10 3
? 1 103
? 4 92
? 2 21
! 2 5 9

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshida bitta qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 109, k ≤ 100). Keyin har so'rovingizga javoban bitta son.

Chiquvchi ma'lumotlar

So'rovlar ? l r ko'rinishida, oxirida bitta ! x1 … xk. Chegaradan tashqari l, r, ruxsat etilganidan ko'p so'rov yoki noto'g'ri javob - noto'g'ri yechim.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.