Tenglama yechimlari

Masala #1370 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ustoz doskaga x1 + x2 + … + xk = n tenglamasini yozdi va so'radi: nechta yechimda hamma xi manfiy bo'lmagan butun son? Yechimlar tartibli: (1, 2) va (2, 1) - har xil yechimlar. Ustoz q marta har xil n va k bilan so'raydi; har biriga javobni 109+7 moduli bo'yicha bering.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q. Keyingi q qatorda ikkita son n va k.

Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 105, 0 ≤ n ≤ 106, 1 ≤ k ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rovga alohida qatorda javob.

Izoh

1-namuna izohi. x1 + x2 = 2: (0, 2), (1, 1), (2, 0) - 3 ta. k = 1 da yechim bitta, n = 0 da ham bitta - hammasi nol.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.