Yo'lakni yoritish

Masala #1457 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog'dagi yo'lak 0 dan L gacha bo'lgan kesma. Unda n ta chiroq bor: i-chiroq xi nuqtada turadi va yoqilsa [xi − ri, xi + ri] kesmani yoritadi (chetlari bilan).

Butun yo'lak [0, L] uzluksiz yoritilishi uchun eng kamida nechta chiroq yoqish kerak? Ikki kesma faqat bir nuqtada tutashsa ham, yo'lak uzilmaydi. Barcha chiroqlarni yoqib ham yoritib bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va L. Keyingi n qatorda xi va ri.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ L ≤ 109, 0 ≤ xi ≤ L, 1 ≤ ri ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam chiroqlar soni yoki -1.

Izoh

1-namuna izohi. 1-chiroq [0, 6], 2-chiroq [5, 11] ni yoritadi - ikkalasi butun [0, 10] ni qoplaydi. Bitta chiroq yetmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.