Gul qatori

Masala #1447 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Bog'bon yo'lak bo'ylab bitta qatorga gul ekmoqchi. Gullarning m ta turi bor, i-turdan ci ta ko'chat. Hamma ko'chatni qatorga shunday ekingki, yonma-yon turgan ikki gul hech qachon bir xil turdan bo'lmasin. Buning iloji bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda m, ikkinchi qatorda m ta son ci.

Cheklovlar: 1 ≤ m ≤ 105, ci ≥ 1, c1 + … + cm ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bir qatorda c1 + … + cm ta son - qatordagi gullar turlari (1 dan m gacha), yoki -1.

Izoh

1-namuna izohi. 1-turdan 2 ta, 2-turdan 1 ta: 1 2 1 - qo'shnilar har xil. 2-namunada ikkala gul bir turdan, ular baribir yonma-yon tushadi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.