Ikki dastgoh

Masala #1443 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sexda ikkita dastgoh bor: avval kesish (A), keyin silliqlash (B). n ta detalning har biri avval A da ai daqiqa, so'ng B da bi daqiqa ishlanadi; detal B ga A dagi ishi tugagandan keyingina o'tadi. Har dastgoh bir vaqtda bitta detal bilan ishlaydi, boshlangan ishni to'xtatmaydi, ikkala dastgoh detallarni bir xil tartibda oladi. Ish 0-daqiqada boshlanadi.

Detallar tartibini shunday tanlangki, oxirgi detal B dan chiqadigan payt iloji boricha erta bo'lsin. Shu paytni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda ai va bi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ ai, bi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son - eng erta tugash payti.

Izoh

1-namuna izohi. Tartib 3, 1, 2: A detallarni 1-, 4-, 9-daqiqada tugatadi; B 1–3, 4–10, 10–12 oraliqlarida ishlaydi. Javob 12; masalan, 1, 2, 3 tartibi 13 beradi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.