Kartalardan son
Masala #1439 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Har kartada manfiy bo'lmagan butun son yozilgan. Hamma kartani qandaydir tartibda yonma-yon terib, uzun raqamlar qatori hosil qilamiz. Karta bo'linmaydi va aylantirilmaydi: 12 va 3 dan 123 yoki 312 chiqadi. Qator son sifatida o'qiladi, boshidagi nollar qiymatga ta'sir qilmaydi.
Hosil bo'ladigan eng katta va eng kichik sonni toping. Ular juda uzun bo'lishi mumkin, shuning uchun har birining 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldig'ini chiqaring. Avval sonning o'zi eng katta (eng kichik) bo'lishi kerak, qoldiq keyin olinadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda n ta son ai (boshida ortiqcha nolsiz).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son: eng katta sonning qoldig'i va eng kichik sonning qoldig'i.
Izoh
1-namuna izohi. 34, 3, 30 tartibi 34330 (eng katta), 30, 3, 34 tartibi 30334 (eng kichik) beradi; ikkalasi 109 + 7 dan kichik, qoldiq o'zi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.