Startap loyihalari

Masala #1451 · murakkablik 54% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tadbirkorning boshlang'ich sarmoyasi W so'm. Unga n ta loyiha taklif qilingan: i-loyihani boshlash uchun kamida ci so'm sarmoya kerak (u sarflanmaydi, faqat «talab» sifatida tekshiriladi) va loyiha tugagach sarmoyaga pi so'm qo'shiladi. Har loyiha ko'pi bilan bir marta bajariladi, loyihalar ketma-ket bajariladi.

Tadbirkor ko'pi bilan k ta loyiha bajaradi. Oxirida sarmoya eng katta bo'lishi uchun qaysi loyihalarni tanlash kerak? Eng katta sarmoyani chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, k va W. Keyingi n qatorda ci va pi.

Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 105, 0 ≤ W, ci, pi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - oxirgi eng katta sarmoya.

Izoh

1-namuna izohi. Boshida faqat 1-loyiha ochiq: sarmoya 1. Endi 2- va 3-loyiha ochiq, foydalirog'i 3-chi: sarmoya 4.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.