Maoshdan sovg'a
Masala #1453 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ali bayramgacha n kun davomida sovg'a yig'adi. Boshida hamyonida M so'm bor. i-kuni ertalab unga si so'm maosh tushadi, kunduzi esa do'konda bitta sovg'a ci so'mga sotiladi - uni shu kuni sotib olishi yoki olmasligi mumkin (boshqa kuni bu sovg'a bo'lmaydi). Qarz olib bo'lmaydi: xarid paytida hamyonda yetarli pul bo'lishi kerak.
Ali iloji boricha ko'p sovg'a olmoqchi, shunday tanlovlar ichida esa eng kam pul sarflamoqchi. Sovg'alar soni va sarflangan pulni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va M, keyingi n qatorda si va ci.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ M, si ≤ 109, 1 ≤ ci ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son: sovg'alarning eng ko'p soni va shu sonda eng kam sarflangan pul.
Izoh
1-namuna izohi. 1-kuni 15 so'm tushadi, 20 so'mlik sovg'aga yetmaydi. Qolgan uch kunning sovg'alariga (5 + 5 + 5 = 15) pul aynan yetadi: 3 ta sovg'a, 15 so'm.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.