Tekin va pullik yo'llar
Masala #1479 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Orolda n ta qishloq va m ta ikki tomonlama yo'l bor. Ba'zi yo'llar tekin (w = 0), qolganlarida bitta tanga to'lanadi (w = 1). 1-qishloqdan n-qishloqqa borish uchun eng kamida nechta tanga kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v w.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105, u ≠ v, w ∈ {0, 1}; bir juft qishloq orasida bir nechta yo'l bo'lishi mumkin.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam tangalar soni; n-qishloqqa yo'l bo'lmasa -1.
Izoh
1-namuna izohi. 1 → 3 (tekin) → 4 (1 tanga) yoki 1 → 2 (1 tanga) → 4 (tekin) - ikkalasi 1 tanga. Butunlay tekin marshrut yo'q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.