Metro chiptalari
Masala #1481 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shaharda n ta bekat va L ta metro liniyasi bor. j-liniya bir nechta bekatdan o'tadi. Liniyaga chiqish uchun bitta chipta olinadi; chiqqach shu liniyaning istalgan bekatigacha yurish va o'sha yerda tushish tekin. Boshqa liniyaga o'tish - yangi chipta. 1-bekatdan n-bekatga borish uchun eng kamida nechta chipta kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va L. Keyingi L qatorda: kj, keyin liniyadagi kj ta turli bekat raqami.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ L ≤ 105, 2 ≤ kj, Σ kj ≤ 2·105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam chiptalar soni, borib bo'lmasa -1.
Izoh
1-namuna izohi. 1-liniya 1, 3, 5 bekatlaridan o'tadi: 1-bekatda chiqib, 5-bekatda tushamiz - bitta chipta.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.