Elektrichkalar jadvali

Masala #1475 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Viloyatda n ta bekat va m ta elektrichka yo'nalishi bor. i-yo'nalish ui va vi bekatlarini bog'laydi: elektrichka har ikki bekatdan 0, ki, 2ki, 3ki, … daqiqalarda jo'naydi va narigi bekatga ci daqiqada yetib boradi. Yo'lovchi 0-daqiqada 1-bekatda. Bekatda istalgancha kutish mumkin, bekatga kelgan daqiqada jo'nayotgan elektrichkaga ulgurish mumkin. n-bekatga eng erta qaysi daqiqada yetib borish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v c k.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105, u ≠ v, 1 ≤ c, k ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng erta yetib kelish daqiqasi, yetib bo'lmasa -1.

Izoh

1-namuna izohi. 1 → 2 elektrichkasi 0-daqiqada jo'nab, 1-daqiqada keladi; 2 → 3 ning navbatdagisi 10-daqiqada jo'naydi va 11-daqiqada keladi. To'g'ridan 1 → 3 elektrichkasi 25-daqiqada keladi - kechroq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.