Kurs tartibi
Masala #1507 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Universitetda 1 dan n gacha raqamlangan n ta kurs bor. m ta shart berilgan: «a kursi b kursidan oldin o'qilishi kerak». Barcha kurslarni shartlarga rioya qilib birin-ketin o'qish tartibini toping. Bunday tartiblar ko'p bo'lsa, leksikografik eng kichigini chiqaring (birinchi farq qiluvchi o'rinda kichik raqamli kurs oldin keladi). Tartib bo'lmasa (shartlar sikl hosil qilsa), -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda a b (a ≠ b); bir xil shart takrorlanishi mumkin.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105.
Chiquvchi ma'lumotlar
n ta son - kurslar tartibi (bitta qatorda), yoki bitta -1.
Izoh
1-namuna izohi. 2 3 1 5 4 shartlarga mos: 1 dan oldin 2 va 3, 4 dan oldin 1 va 5. Birinchi o'ringa 1 qo'yib bo'lmaydi (u 2 va 3 ni kutadi), 2 esa qo'yilishi mumkin bo'lganlarning eng kichigi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.