Turistik marshrut
Masala #1561 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Viloyatda n ta shahar n − 1 ta yo'l bilan daraxt shaklida ulangan, har yo'l 1 km. Turoperator m ta shahardan iborat marshrut tuzdi: c1, c2, …, cm (shaharlar takrorlanishi mumkin). Avtobus ketma-ket shaharlar orasida eng qisqa yo'ldan yuradi.
q ta savol: agar sayyoh marshrutning l-bandidan r-bandigacha (cl → cl+1 → … → cr) yursa, necha km yuradi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q. Keyingi n − 1 qatorda yo'llar: x, y. Keyingi qatorda c1, …, cm. Keyingi q qatorda savollar: l, r.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m, q ≤ 105, 1 ≤ l ≤ r ≤ m.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savolga alohida qatorda bitta son - kilometrlar.
Izoh
1-namuna izohi. Marshrut 4, 5, 3, 1. 1-banddan 3-bandgacha: 4 → 5 (2 km) va 5 → 3 (3 km) - jami 5 km.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.