Minimal tarmoq
Masala #1566 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Kompaniya tarmog'i daraxt: n ta kompyuter va n − 1 ta kabel. q ta loyiha bor: j-loyihada kj ta kompyuter ishtirok etadi. Loyiha uchun faqat ishtirokchilar bir-biriga yetib borishi kerak; boshqa kabellarni o'chirib qo'yish mumkin.
Har loyiha uchun yoqilgan qolishi shart bo'lgan eng kam kabellar sonini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Keyingi n − 1 qatorda kabellar. Keyingi q qatorda loyihalar: avval k, keyin k ta kompyuter raqami (takrorlanishi mumkin).
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, Σ k ≤ 2·105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har loyiha uchun alohida qatorda bitta son.
Izoh
1-namuna izohi. 4, 5, 7 uchun 4–2, 5–2, 2–1, 1–3, 3–7 kabellari kerak: 5 ta. Bitta kompyuterli loyihaga kabel kerak emas.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.