Yo'l-yo'lakay

Masala #1548 · murakkablik 41% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Shaharda n ta chorraha n − 1 ta ko'cha bilan daraxt shaklida ulangan. Kuryer u chorrahadan v chorrahaga yagona yo'l bo'ylab boradi. Uning do'sti w chorrahada turadi. Kuryer yo'ldan chetga chiqmasdan do'stining yonidan o'tadimi (ya'ni w u dan v gacha yo'lda yotadimi; yo'l uchlari ham yo'lga kiradi)?

q ta shunday savolga javob bering.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Keyingi n − 1 qatorda ko'chalar: a, b. Keyingi q qatorda savollar: u, v, w.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savolga alohida qatorda HA yoki YOQ.

Izoh

1-namuna izohi. 4 dan 7 ga yo'l 4 – 2 – 1 – 3 – 6 – 7: 1 unda bor, 5 yo'q. 3 dan 7 ga yo'l 3 – 6 – 7, 1 unda yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.